O‘ zbekiston matbuotida favqulodda vaziyatlar mavzusining yoritilishi (XIX asrning oxiri – XX asrning 60-yillari)
Djumadulla Turabekovich SAGATOV mustaqil izlanuvchi O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya
Ushbu maqolada XIX asr oxiri va XX asrning 60-yillarigacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston matbuotida favqulodda vaziyatlar mavzusi yoritilishining tarixiy rivojlanish jarayonlari tadqiq etilgan. Bunda Chor Rossiyasi va Sovet mustamlakachiligi davrida Turkistonda milliy davriy matbuotning paydo bo‘lishi, taraqqiyoti va unda favqulodda vaziyatlarga oid materiallarning chop etilishi masalalari yoritilgan.
Tayanch so‘zlar: favqulodda vaziyatlar, jadid matbuoti, Andijon fojiasi, favqulodda vaziyatlar jurnalistikasi, sovet matbuoti, Toshkent zilzilasi, tabiiy ofatlar, partiya matbuoti.