O‘zbekiston chempionati yakunlandi
Poytaxtimizda o‘zbek jang san’ati bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida mamlakat chempionati bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizda o‘zbek jang san’ati bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida mamlakat chempionati bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sharq yakkakurashlari va jang san’atlarini rivojlantirish markazi hamda O‘zbek jang san’ati federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada uch yuzdan ortiq sportchi yakkama-yakka bellashuv va kompleks mashqlarni bajarish bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etdi.
Musobaqada vazn va yosh toifalariga ko‘ra, Davlatboy Hoshimov, Avaz Hasanov, Xayrullo G‘aybullayev, Elmurod Jahongirov, Dilmurod Yo‘ldoshev, Tohir Sirojiddinov, Aziz Asrorov, Javlon Yesenqulov, Aziz Jumayev g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy egalladi.
Qizlar o‘rtasidagi bahslarda Sarvinoz Azimova, Mohinur Shukurillayeva, Dildora Abdusattorova, Muxlisa Nabijonova, Nigina Farmonova, Nargiza Saidova, Ruhshona Muhammadjonova, Farangiz Obidova, Sitora Abdurahimova, Asila Maldayeva, Nigina Farmonova kabi yosh iste’dodlar shohsupaga ko‘tarildi.