Nurota maktablarida iqtidorlar kamol topmoqda
Navoiy viloyati Nurota tumanida taʼlim sifatini oşiriş, öquvçilarning iqtidor va qobiliyatini röyobga çiqariş, ularning zamonaviy bilim olişi uçun zarur şart-şaroitlar yaratişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ayni paytda tumanda 52 ta umumtaʼlim maktabi hamda bitta ixtisoslaştirilgan taʼlim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Ularda 13 ming 585 nafar öquvçiga 1 ming 798 nafar pedagog saboq bermoqda.
Taʼlim sifatini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar öz samarasini berayotir. Jumladan, xalqaro va milliy sertifikatlarga ega öqituvçilar soni 164 nafarga, öquvçilar soni esa 278 nafarga yetgan.
Tuman maktablari öquvçilari fan, sport, intellektual va maʼnaviy-maʼrifiy yönalişlarda ötkazilayotgan turli tanlov hamda musobaqalarda munosib iştirok etib, qator yutuqlarni qölga kiritmoqda.
Xususan, «Beş taşabbus olimpiadasi» doirasidagi «Quvnoq startlar» sport musobaqasida 34-umumtaʼlim maktabi jamoasi viloyat bosqiçida birinçi örinni egalladi. Stol tennisi böyiça 6-umumtaʼlim maktabi öquvçisi, voleybol böyiça esa 18-ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktabi jamoasi uçinçi öringa sazovor böldi.
Şuningdek, umumtaʼlim maktablari öquvçilari örtasida ötkaziladigan «Bilimdon bolalar» teleşousining 6-sinflar örtasidagi bahslarida 32-umumtaʼlim maktabi öquvçisi Sarvar Mustafoyev mutlaq ğoliblikni qölga kiritdi.
Iqtidorli öquvçilar iştirokida taşkil etilgan respublika «Munozara» turnirining final bosqiçida Nurota tumani jamoasi faxrli ikkinçi örinni egalladi.
«Vatan tayançi» otryadlari örtasida ötkazilgan «Vatanparvar» harbiy-sport öyinlarida 18-ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktabining «Qalqon» jamoasi viloyat bosqiçida ikkinçi öringa munosib körildi.
«Biz iqtidor egalarimiz» sport musobaqasining viloyat bosqiçida ham nurotalik öquvçilar faol iştirok etdi. Jumladan, 3-umumtaʼlim maktabi öquvçisi Rayhona Namozova qizlar örtasida ikkinçi, Avaz Aslonov öğil bolalar örtasida uçinçi örinni egalladi. Zamira Murotova esa «Eng şijoatli qiz» nominatsiyasi ğolibi böldi.
Öquvçilarning darsdan böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularning qiziqiş va qobiliyatlarini rivojlantiriş maqsadida tuman maktablarida 19 yönalişdagi fan tögaraklari hamda «Beş taşabbus» doirasida 8 yönalişdagi tögaraklar faoliyat yuritmoqda.
[gallery-32317]
Erişilayotgan bu kabi natijalar zamirida öquvçilarning intilişi, ustoz-murabbiylarning fidokorona mehnati va taʼlim muassasalarida olib borilayotgan izçil işlar mujassam.
Nurota tumanida taʼlim sohasida amalga oşirilayotgan saʼy-harakatlar yoş avlodning bilim va salohiyatini yuksaltiriş, iqtidorini qöllab-quvvatlaş hamda kelgusida yangi yutuqlarga erişişi uçun mustahkam zamin yaratmoqda.
Siroj ASLONOV (surat), ÖzA