Nurobod tumanida hokim o‘zgardi
Xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashining bugun o‘tkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.
2022 yil oktyabr oyidan buyon tumanga rahbarlik qilgan S.Berdiqulov vazifasidan ozod etildi.
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi A.Boboyevning tavsiyasiga ko‘ra, shu paytgacha “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Bo‘ronov Maqsud Erkinovich Nurobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri