Nurboyeva Maftuna Vahobjon qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“O‘zbek tili semantik analizatori uchun frazeologik omonimiya va polisemiyani lingvistik modellashtirish” mavzusida
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tadqiqotchisi Nurboyeva Maftuna Vahobjon qizining 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek tili semantik analizatori uchun frazeologik omonimiya va polisemiyani lingvistik modellashtirish” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya himoyasi Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.Fil.10.05 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 29-avgust kuni soat 10:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Farg‘ona shahri, B.Marg‘inoniy ko‘chasi, 105-uy.
Tel.: (99873) 244-57-82
e-mail: info@fdu.uz