Nukus dala o‘quv maydonida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugida harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligi va kasbiy mahoratini oshirish maqsadida Nukus dala o‘quv maydonida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar davomida harbiy xizmatchilar real jangovar vaziyatlarga yaqinlashtirilgan sharoitlarda guruh qurollari, tanklar va boshqa jangovar texnika hamda qurol-aslahalardan foydalanish bo‘yicha amaliy mashqlarni bajardilar. Unda nishonlarni aniq nishonga olish, o‘t ochishni boshqarish va qurollardan samarali foydalanish ko‘nikmalari mustahkamlandi.
[gallery-30536]
Shuningdek, taktik uchlik va to‘rtlik tarkibida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda jamoaviy hamkorlik, tezkor qaror qabul qilish, vazifalarni muvofiqlashtirilgan holda bajarish hamda murakkab sharoitlarda harakat qilish ko‘nikmalari takomillashtirildi.
Mashg‘ulotlar yakunida tajribali komandirlar ishtirokchilarning harakatlarini tahlil qilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA