“Normand toʻrtligi” sammitidan nimalar kutilyapti?
Moskva Normand formatidagi uchrashuvlarni oʻtkazishdan yana bir maqsad – toʻrt davlat rahbarlari uchrashuvi yakuni boʻyicha taqdim etiladigan hujjat loyihasini kelishib olishni koʻzlamoqda.
Moskva Normand formatidagi uchrashuvlarni oʻtkazishdan yana bir maqsad – toʻrt davlat rahbarlari uchrashuvi yakuni boʻyicha taqdim etiladigan hujjat loyihasini kelishib olishni koʻzlamoqda.
Bu Ukraina tomoni muloqotlar doirasidagi asosiy masalalarga aloqador boʻlmagan boshqa mavzular (masalan, Kiyev hozirgacha bir necha bor bayonot bilan chiqqan “Qrimni qaytib olish”, garchi, yarim orol bundan besh yil oldin referendum natijasida Rossiya tarkibiga qoʻshilgan boʻlsa-da)ni koʻtarib chiqmasligini taʼminlash bilan bogʻliq.
Mazkur bitim loyihasi boʻyicha tomonlar kelishib olishgani hozirdanoq maʼlum, biroq rasman eʼlon qilinmaguncha hujjatning mazmuni oshkor etilmaydi. Shunga qaramasdan, Siyosiy konyunktura markazi Aleksey Chesnakov allaqachon bitim bandlari Minsk kelishuvlari shartlariga toʻliq mos kelishini bildirgan.
Yakuniy holat boʻyicha loyiha haqida Ukraina tomoni ham oʻz fikrini bildirgan. Ukraina Bosh vazirining Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Dmitriy Kuleba “Mazkur kommyunike diplomatik xususiyatga ega” ekanini hamda hujjat qandaydir favqulodda gʻoyalarni ilgari surmasligini taʼkidlagan.
Yana bir ukrainalik amaldor, tashqi ishlar vaziri Vadim Pristayko mazkur bitim “juda ehtiyotkorlik” bilan tayyorlanganini qayd etib, “Bu “Minsk-3“ boʻlmaydi”, deya qoʻshib qoʻygan.
Rossiya hukumati vakillari esa hozircha uchrashuvlar yakuniga oid aniq farazlarni ilgari surishdan tiyilib turibdi.
“TASS” axborot agentligi Rossiya rahbari Matbuot kotibi Dmitriy Peskovning quyidagi soʻzlarini keltirgan: Muayyan tayyorgarlik ishlari olib borildi. Hozircha biroz kutish lozim, Normand toʻrtligi aʼzolari Parijda toʻplanib, bir qarorga kelsa, shundagina natijalar maʼlum boʻladi.
Prezident Administratsiyasi vakilining qayd etishicha, tomonlar “qandaydir qarorlarga kelishning oson yoʻllarini topishlari lozim”. Faqat bunga Putin va Zelenskiy oʻrtasida boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqot chogʻidagi konstruktiv ruh davom etsagina erishish mumkin, degan Dmitriy Peskov.
Sammitdan kutilayotgan natijalar borasida Ukraina va Rossiyaning qarashlari, umuman olganda, bir-biriga yaqin. Masalan, Vladimir Zelenskiy avvalroq mazkur uchrashuvda shunchaki muloqot olib borish va mavhum rejalar tuzish emas, balki aniq natijalarga erishishni xohlayotganini bildirgan.
Rossiya siyosatchilari, oʻz navbatida, sammitda Ukraina Sharqidagi nizolarni toʻxtatish imkonini beruvchi qoʻshimcha bitimlarga erishishni kutmoqda. Bu haqda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov ham aytib oʻtgan.