Noqonuniy valyuta savdosiga chek qo‘yildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament tizimi xodimlari valyuta qimmatliklarining noqonuniy aylanmasiga barham berish, noqonuniy oldi-sotdisi bilan bog‘liq holatlarga qarshi kurashishni davom ettirmoqda.
Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Ko‘kdala tumani Navro‘z qishlog‘i hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro S.X. jami 3,3 ming AQSH dollarini fuqaro S.Sh.ga 37,6 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bundan oldinroq Departamentning Sirdaryo viloyati Shirin shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro M.E. va N.X. jami 3,5 ming AQSH dollarini fuqaro J.R.ga 40,3 million so‘mga sotgan vaqtda ushlangan edi.
Departamentning Namangan shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro B.M. 3 ming AQSH dollarini fuqaro A.T.ga 34,1 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zA