Noqonuniy savdoga chek qoʻyildi
Mamlakatimizda qonunlarni chetlab oʻtgan holda “egri yoʻl bilan moʻmay daromad topish” ilinjida harakat qilayotgan qoʻshtirnoq ichidagi tadbirkorlar ham afsuski, bor.
Mamlakatimizda qonunlarni chetlab oʻtgan holda “egri yoʻl bilan moʻmay daromad topish” ilinjida harakat qilayotgan qoʻshtirnoq ichidagi tadbirkorlar ham afsuski, bor.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani davlat soliq inspeksiyasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida yashirincha alkogol mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanayotgan fuqarolar aniqlandi.
Tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro R.R. oʻz xonadonida tegishli hujjatlarsiz alkogol mahsuloti savdosi bilan shugʻullanib kelgan. Aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan fuqaro R.R.ga tegishli 5 turdagi jami bahosi 27 million 366 ming soʻmlik alkogol mahsuloti xolis guvohlar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida ish qonuniy hal boʻlgunga qadar rasmiylashtirilib olindi. Shuningdek, ushbu tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro A.S. ga tegishli jami bahosi 2 million 624 ming 940 soʻmlik alkogol mahsuloti ashyoviy dalil sifatida saqlash uchun rasmiylashtirildi.
Noqonuniy faoliyat bilan shugʻullanib, ozgina vaqt moʻmay daromad topgan bu “olgʻir tadbirkorlar” dono xalqimizning koʻza kunda emas, kunida sinadi, degan hikmatini unutganga oʻxshaydi. Qonunga rioya qilgan holda ishlash, davlatimiz tomonidan belgilangan soliqlarni oʻz vaqtida toʻlash, ertangi kelajak avlodlarimizning farovon turmushini taʼminlashga xizmat qiladi.