Nodirbek Yoqubboyev – jahon chempionati sovrindori
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi Nodirbek Yoqubboyev Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida shaxmat bo‘yicha 14, 16 va 18 yoshli shaxmatchilar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi Nodirbek Yoqubboyev Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida shaxmat bo‘yicha 14, 16 va 18 yoshli shaxmatchilar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi.Nufuzli musobaqada dunyoning oltmishdan ziyod davlatidan to‘rt yuzdan ortiq yosh shaxmatchi g‘oliblik uchun o‘zaro bahslashdi.
Jahon chempionatining 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasidagi bahslarida qatnashgan Nodirbek Yoqubboyev o‘n bir imkoniyatdan sakkiz ochko jamg‘ardi va sovrindorlar qatoridan joy oldi. Iqtidorli shaxmatchimiz musobaqada shri-lankalik Tilakartne, braziliyalik Lukas Pikkoli, xitoylik Xongchi Peng, latviyalik Ilya Semyonovs, AQSh vakili Devid Peng, rossiyalik Yaroslav Remizov va ukrainalik Kirill Shevchenkoni mag‘lubiyatga uchratib, kanadalik Yeugene Xua va AQSh vakili Gebriyel Sem bilan durang o‘ynadi.