“Nikon Comedy Wildlife Awards” – eng ta’sirli tabiat suratlari saralanmoqda
Bir dona surat – bir olam ma’no. Fotografiya sohasining qudrati ham aynan shu – bir kadrda vaqtni to‘xtatadi.
Muvaffaqiyatli kadr insonni mulohaza qilishga chorlaydi. “Nikon Comedy Wildlife Awards” tanlovida ishtirok etayotgan suratlar ham yovvoyi hayvonlarning kulgili, g‘ayrioddiy va kutilmagan holatlarini aks ettirgan holda insoniyatni tabiat haqida qayg‘urish, uni muhofaza qilishga undaydi. Tanlovning oliy maqsadi ham aynan shu.
2015 yildan buyon o‘tkazilib kelinayotgan fototanlov faoliyati dunyoning barcha qit’asini qamrab olgan. Tashkiliy jamoa talabiga ko‘ra, tanlovda hayvonlarning hech qanday texnik ishlovlarsiz kadrlarga muhrlangan ta’sirli fotosuratlari saralanadi. Tanlovning bu yilgi ishtirokchilari o‘z fotojo‘natmalari bilan bosh sovrin — Keniyadagi “Maasai Mara” qo‘riqxonasiga safar yo‘llanmasi uchun bellashmoqdalar.
Bu yil tanlovga 112 mamlakatdan 10 000 dan ortiq arizalar kelib tushgan. “Naked science” onlayn nashri ma’lumotiga ko‘ra, mazkur raqam tanlov tarixidagi rekord ko‘rsatgich, deb qayd etilgan.
Quyida fototanlovning final bosqichiga yetib kelgan suratlar tashkilotchilar tashabbusi bilan ijtimoiy tarmoq sahifalarida namoyish etilishi boshlangan. Ovoz berish jarayonlari 2027-yilning 1-martiga qadar davom etadi.
Quyida fototanlovning final bosqichiga yetib kelgan fotonamunalarni e’tiboringizga havola etamiz.





Zuhra MIRZABOEVA tayyorladi.