Nikolas Jekson qizil kartochka olgan o‘yinda Senegal Saudiya Arabistoni bilan durang o‘ynadi
Uchrashuvning 84-daqiqasida esa senegalliklar hujumchisi Nikolas Jekson qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
Jahon chempionati oldidan ko‘plab terma jamoalar so‘nggi nazorat uchrashuvlarida maydonga tushmoqda.
Afrika kubogining vitse-chempionlari sanalgan Senegal terma jamoasi bu safar Saudiya Arabistoni bilan kuch sinashdi. Tengkurashlar ostida o‘tgan bellashuvda muxlislar birorta ham gol ko‘rishmadi. Uchrashuvning 84-daqiqasida esa senegalliklar hujumchisi Nikolas Jekson qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Shu tariqa, bellashuv nursiz durang bilan yakunlandi.