Nigina xalqaro turnir g‘olibi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Nigina Abduraimova Xitoyda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan tashkil etilgan xalqaro turnirda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Nigina Abduraimova Xitoyda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan tashkil etilgan xalqaro turnirda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.Nigina tailandlik Nicha Lertpitaksinchayni 7:5, 6:4, xitoylik tennischi Di Jaoni 4:6, 6:2, 4:0, chorak finalda mezbon tennischi Fang Ying Xunni 6:2, 6:3, yarim finalda Janubiy Koreya vakili Su Jeong Jangni 7:5, 4:6, 7:5 hisobida yengdi. Finalda xitoylik Fangjou Liu ustidan 7:5, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.