Nigeriyada yo‘lovchi qayig‘i ag‘darilib ketdi
Nigeriyaning Niger shtatida yo‘lovchi qayig‘i daryoda ag‘darilib, 25 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi ma’lum qilmoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, mahalliy Muniya tumani aholisidan iborat guruh Shiroro tumaniga qayiqda suzib ketayotganda hududdagi daryoga cho‘kib ketgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, baxtsiz hodisa oqibatida 25 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan.
Rasmiylar mintaqada qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotgani va qurbonlar soni ortishi mumkinligi haqida aytgan.
Ma’lumot o‘rnida, Nigeriyada yomg‘irli mavsumda daryolar va ko‘llarda suvga cho‘kib ketish bilan bog‘liq halokatlar tez-tez sodir bo‘lib turadi.
M.Pirmatova, O‘zA