NDKTUda yangi o‘quv yiliga 2600 nafardan ziyod yoshlar 1-kursga qabul qilindi
FOTOREPORTAJ
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida 2026/2027-o‘quv yili qizg‘in boshlandi. 1-kursga qabul qilingan yoshlarni tantanali kutib olish marosimida universitet jamoasi, professor-o‘qituvchilar, ota-onalar hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan universitet rektori B. Mardonov talabalikka ilk qadam qo‘ygan yoshlarni tabriklab, ularga ta’lim dargohida yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish va yetuk mutaxassis bo‘lishlarini tiladi.
[gallery-31297]
Marosim doirasida eng yuqori ball to‘plagan bir guruh talabalar taqdirlandi.
Yangi o‘quv yilida NDKTUga kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha 26 ta yo‘nalishda 2 ming 361 nafar bakalavr hamda kunduzgi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha 24 ta mutaxassislikka 257 nafar magistr qabul qilindi. Jami 2 ming 618 nafar yosh universitetda 1-kursda tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA