Navoiyda sport maktablari faoliyatining yangi tizimi taqdim etildi
Navoiy shahrida Vazirlar Mahkamasining sport maktablari faoliyatini tizimli tashkil etishga qaratilgan qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
Tadbirda Sport vazirligi, Navoiy viloyati sport boshqarmasi mas’ullari, hududlardagi sport maktablari direktorlari, trener-seleksionerlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
[gallery-30740]
Taqdimotda sport maktablari faoliyatini yangi tizim asosida tashkil etish, direktorlarning ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda trener-seleksionerlar zimmasiga yuklatilgan vazifalar, ularning faoliyatini baholash mezonlari va rag‘batlantirish mexanizmlari yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/5XSPi4f_C7Q?si=su8vbazs5jlaBQFA" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Siroj Aslonov(surat,video),O‘zA