Prezident Shavkat Mirziyoyev joylardagi bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 13 oktyabr kuni Navoiy viloyatida bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev dastlab navoiylik saylovchilar bilan uchrashdi.

Shundan so‘ng davlatimiz rahbari Navoiy shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazini borib ko‘rdi.

Markaz Prezidentimizning 2020 yil 11 avgustdagi “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Bu yerda mehnat bozori talablari asosida xizmat ko‘rsatish, qurilish, qishloq xo‘jaligi va texnika sohalaridagi o‘ttizga yaqin kasbga tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.

Monomarkazda kutubxona, majlislar zali, 30 ta o‘quv, kompyuter va amaliyot xonasi, 200 o‘rinli yotoqxona, avtoturargoh mavjud. O‘quv va mashg‘ulot xonalari tegishli uskuna, kompyuter, mulyaj va boshqa jihozlar bilan ta’minlangan.

Yillik o‘qitish quvvati 3 ming 400 nafarni tashkil etadigan ushbu markazda 97 ish o‘rni yaratilgan.

Davlatimiz rahbari markazdagi mashg‘ulotlarni ko‘zdan kechirdi, yoshlar bilan suhbatlashdi.

– Ishsiz fuqarolarimizni kasb-hunarli qilib, hayotga yo‘llanma berish uchun mana shunday sharoitlarni tashkil qilayapmiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Bundan unumli foydalanib, kasbni yaxshi o‘rgansangiz, sizlar ish emas, ish sizlarni izlaydi, daromadingiz yuqori bo‘ladi. Necha yoshga kirishidan qat’i nazar, o‘qigan, izlangan, kasb egallagan odam qadrli bo‘ladi. Men sizlarning shunday qadrli bo‘lishingizni istayman.

Iqtisodiyot tarmoqlarida malakali mutaxassislarga talab oshib borayotgani, bu yerda o‘qigan yoshlar kelgusida ishga olinishi qayd etildi.

– Katta-katta korxonalar quryapmiz, ko‘pida chet eldan kelgan mutaxassislar ishlayapti. Bizning maqsadimiz – o‘zimizning yoshlarni ishlatish, xalqimizga oylik berish. Buning uchun vaqtni bekor o‘tkazmay, o‘zlaringni ham, ustozlaringni ham qiynab, kasbni mukammal egallashingiz kerak, – dedi Prezident.

Muassasa davlat-xususiy sheriklik tizimida ishlaydi. Davlat sharoit yaratib, ilmiy va moddiy jihatdan ta’minlaydi. Mashg‘ulotlarni amaliyotchilar, tadbirkorlar, zavodlar vakillari olib boradi va keyinchalik bitiruvchilarni ishga oladi. Monomarkaz diplomi kasb-hunar maktablari diplomi bilan bir xil darajaga ega.

Shuningdek, markazda ingliz, rus, yapon, koreys tillarini o‘qitish kurslari ham ochilgan.

bugungi kunda 300 nafar tinglovchi 26 kasb-hunarga o‘qitilmoqda. Ularning 62 nafari “Ayollar daftari”, 71 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz va ish qidirayotgan fuqarolar hisoblanadi.

Davlatimiz rahbari Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida viloyatdagi milliy madaniy markazlar vakillari bilan muloqot qildi.

– Sizlarga ma’lumki, yurtimizdagi ahillik, totuvlikni mustahkamlashga alohida e’tibor berayapmiz. Buning natijasida hayotingizda nimalar o‘zgardi? Nima muammolar, qanday takliflar bor? Shular haqda sizlar bilan yurakdan gaplashgani keldim, – dedi Prezident.

Ko‘p millatli Navoiy viloyati – xalqlar do‘stligi va o‘zaro anglashuvining yorqin ifodasi. O‘zbek, qozoq, qoraqalpoq, tojik, rus, koreys va ko‘plab boshqa millat vakillari bir oila a’zolaridek yashab, yurtimiz rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Viloyatda 8 ta milliy madaniy markaz faoliyat yuritmoqda. Maktablarda o‘qitish 7 tilda yo‘lga qo‘yilgan.

Uchrashuvda qatnashgan turli millat va elat vakillari ularning o‘qib, ishlashi, madaniyatini saqlashi uchun keng sharoit yaratilganini ta’kidlashdi. O‘zlari, farzandlari erishayotgan muvaffaqiyatlarni so‘zlab berishdi. Madaniy markazlar uchun binolar ajratilgani, 30 iyul mamlakatimizda Xalqlar do‘stligi kuni etib belgilangani qayd etildi.

– Bugun saylovchilar bilan uchrashuvda bu qutlug‘ bayramni kelgusi yili Navoiy viloyatida katta tantana bilan nishonlash taklifini bildirdim, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Shuningdek, 2022 yilda Navoiyda ko‘p millatli xalqimiz birligining ramzi sifatida Do‘stlik bog‘ini barpo etishni rejalashtirganmiz.

Prezident yurtimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, turli diniy konfessiyalar uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan siyosat izchil davom ettirilishini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari shu bilan Navoiy viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Ziyodulla JONIBEKOV,

Abduvali BO‘RIEV,

O‘zA muxbirlari

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyati – yurtimiz javohiri, sanoat drayveri bo‘lib qolaveradi