Navoiy ijodi cheksiz ummon kabidir
Navoiy mashinasozlik zavodida buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Navoiyshunos olimlar, ma’naviy-ma’rifiy soha vakillari, zavod ishchi-xodimlari ishtirok etgan tadbirda Alisher Navoiy ijodining ahamiyati, buyuk ajdodimiz yaratgan asarlar va alloma ilmiy-ijodiy merosining mazmun-mohiyati haqida so‘z bordi. Mutafakkir bobomiz tavalludi kombinat jamoalarida qizg‘in nishonlanishi ko‘p yillik an’anaga aylangani ta’kidlandi.
[gallery-10497]
bugungi kunda navqiron viloyat, shahrimiz, shuningdek, ko‘plab ta’lim muassasalari, ko‘chalar, mahallalar, guzarlar, istirohat bog‘lari, kinoteatr va boshqa ijtimoiy soha ob’ektlari Alisher Navoiy nomi bilan yuritiladi. Bu, albatta, allomaga bo‘lgan hurmat va ehtirom belgisi.
Tadbirda san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari, Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari va shahardagi 16-umumta’lim maktabi o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan mutafakkir g‘azallari va sahna ko‘rinishlari barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi.
A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA