Navbahor tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
FOTOREPORTAJ
Navbahor tumani hokimligida Markaziy bank Navoiy viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Sharopov, tuman hokimi Alisher Rashidov va viloyatdagi tijorat banklari rahbarlari ishtirokida hudud tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbir davomida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, sohani moliyalashtirish, kredit ajratish tartibi va bank xizmatlari sifatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
Ishtirokchilar bildirgan taklif va murojaatlar inobatga olinib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan amaliy choralar belgilandi.
[gallery-30637]
Tadbirning asosiy maqsadi — tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatidagi to‘siqlarni bartaraf etish hamda davlat organlari bilan bank tizimi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA