Navbahor Hamidova chorak finalga chiqdi
To‘rt yillikning eng nufuzli sport tadbiri kutilmagan natijalarga boy o‘tmoqda.
Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda hamyurtimiz Navbahor Hamidova 66 kilogrammgacha vazn toifasida Morelle Makkeyn (AQSH) bilan raqobatlashdi. Ushbu bellashuvda charm qo‘lqop ustamiz zafar quchib, chorak finalga chiqdi.
Shu tariqa nimchorak final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan Navbahor Hamidov yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan bahsda Xitoy Taypeyi vakili Chin Niyen Chenga qarshi ringga ko‘tariladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA