Narziyev Sherali Muxamadovichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
"Qalqonsimon bez kasalliklari mavjud bemorlar immun statusi o‘zgarishlarining sabab-oqibatli bog‘liqliklari" mavzusida
Narziyev Sherali Muxamadovichning 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya ixtisosligi bo‘yicha "Qalqonsimon bez kasalliklari mavjud bemorlar immun statusi o‘zgarishlarining sabab-oqibatli bog‘liqliklari" mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti huzuridagi DSc.05/2025.27.12.Tib.26.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 5-avgust kuni soat 12:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100060, Toshkent shahri, akademik Ya. G‘ulomov ko‘chasi, 74-uy. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti.
Tel.: (+99871) 207 08 30;
e-mail: immunology@academy.uz