Namozov Jasur Shoqulovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Uch qatlamli qovushoq-elastik plastinkalarning erkin va majburiy tebranish xususiyatlari” mavzusida
Namozov Jasur Shoqulovichning 01.02.04 - Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi ixtisosligi bo‘yicha “Uch qatlamli qovushoq-elastik plastinkalarning erkin va majburiy tebranish xususiyatlari” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi ishi himoyasi Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli Ilmiy kengash asosida bir martalik Ilmiy kengashning 2025 yil 10 yanvar kuni soat 11:00 dagi majlisidabo‘lib o‘tadi.
Manzil: 200100, Buxoro, Q.Murtazoyev ko‘chasi, 15-uy.
Tel.: (+99865) 223-78-84, faks: (+99865) 223-78-84,
e-mail: info@bmti.uz.