Namanganning mohir rassomlari ko‘rgazmasi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatida davom etayotgan 63-Xalqaro gullar festivali doirasida viloyat rassomlarining rangtasvir ko‘rgazmasi va san’at asarlari savdosi tashkil etildi.
Festival ishtirokchilari va san’at shaydolari jam bo‘lgan ko‘rgazmada san’at asarlaridan zavqu shavq olganlar safi keng bo‘ldi.
Ko‘rgazma ochilishida viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov qatnashdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, 2023 yil davomida tasviriy va amaliy san’at sohasini rivojlantirish maqsadida viloyatda Badiiy ijodkorlar uyushmasi bilan hamkorlikda tasviriy san’at yo‘nalishida xalqaro, respublika, mahalliy miqyosdagi 49 ta tadbir o‘tkazilgan bo‘lsa, 2024 yilda ular sonini 80 dan oshirish rejalashtirilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA