Namanganda yo‘llar yanada ravon bo‘ladi
Ayni kunlarda Namangan viloyatidan o‘tuvchi 4R-117 avtomobil yo‘lining 27-29 kilometrlari kapital rekonstruksiya qilinmoqda.
Mintaqadagi infratuzilmani yaxshilash va umumiy transport tizimi uchun qulaylik yaratish maqsadiga qaratilgan ushbu loyiha doirasida qator ishlar amalga oshirilishi belgilangan. Xususan, yo‘l qoplamasi ta’mirlanishi samarasida yo‘lovchilar uchun silliq va mustahkam yo‘ldan foydalanishga imkoniyat yaratiladi. Suv to‘planishining oldini olish va kuchli yog‘ingarchilik paytida yo‘lning shikastlanish xavfini kamaytirish uchun drenaj tizimi yaxshilanib, yo‘l chetiga yangi lotoklar o‘rnatiladi. Yo‘l harakati boshqaruvini yaxshilash va haydovchi xavfsizligini ta’minlash uchun joylarga nur qaytaruvchi yo‘l belgilari o‘rnatiladi.
[gallery-13786]
Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA