Namanganda yangi korxona ish boshladi
Namangan viloyatidagi “Art Soft holding” kompaniyasi qoshida yangi “Flat Tile” brendi ostidagi mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshladi.
Korxona kafel-keramika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yangi loyiha uchun 73 milliard tashabbuskorning o‘z mablag‘i hamda 52 milliard bank krediti, jami 125 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Mahsulot ishlab chiqarish quvvati yiliga 35 milliard so‘mni tashkil etadi.
Loyihaning ishga tushirilishi natijasida 200 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Bu yerda tayyorlanadigan mahsulotlarni mahalliy bozordan tashqari, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston davlatlariga eksport qilish ko‘zda tutilgan.
Yangi korxona ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan marosimda viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etdi.
[gallery-1702]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA