Joriy yilning 20 iyul kuni soat 19:40 dan keyin qariyb bir soatdan oshiq davom etgan kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘ishi oqibatida Namangan viloyatining ko‘pgina hududlari, xususan Namangan shahri, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on va Uychi tumanlarining ayrim mahallalarida aholi yashash xonadonlari, ko‘chalarga suv toshish holatlari kuzatildi.

 Tabiiy ofatdan ko‘priklar, yo‘llar va aholi xonadonlari talafot ko‘rdi.

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligidagi sektor rahbarlari, shuningdek, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Qosimali Ahmedov boshchiligida zarur texnika vositalari va qutqaruv otryadlari jalb etilib, yuzaga kelgan ofat bartaraf etilmoqda.

Bundan tashqari yomg‘ir va do‘l yog‘ishi sabab yuz bergan sel toshqini oqibatida aholi yashash xonadonlarida to‘planib qolgan suvlarni tortish ishlari olib borilmoqda. Xodisa joylariga maxsus avtomobillar va xizmatchilar yong‘in qutqaruv qismi shaxsiy tarkibi, hamkor tashkilotlardan 80 ta texnika va 584 nafar ishchi xodim ko‘makka keldi.

Namangan shahrining Davlatobod tumanidagi “Yuksalish” massivida joylashgan uchta ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida suv to‘planganligi sababli kvartiralarda istiqomat qiluvchi yuz kishi xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi. Yerto‘ladagi to‘planib qolgan suvlarni to‘rtta yong‘in qutqaruv avtomobili va sakkizta suv tortish nasosi orqali tortish choralari ko‘rildi.

Bundan tashqari, Yuksalish mahallasi hududida sel kelishi natijasida qulab tushgan hovlilarda turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishining oldini olish maqsadida Davlatobod tuman sanitariya epidemiologiya osoyishtarlik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan zaruriy dezinfeksiya ishlari qilinmoqda.

Shuningdek, Davlatobod tumanidagi “Yelixon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan oqib o‘tuvchi “Shishaki soy” yaqinida joylashgan yettita xonadondagi 32 fuqaro xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi.

Qamchiq dovoniga tutash Pop tumanidagi Imomota mahallasida ham kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida sel kelishi kuzatilgan. Ayni paytda mazkur hududda sel toshqini oqibatida zararlangan yo‘llarda qayta ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Viloyat Favulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Qahramon Sattorovning O‘zAga ma’lum qilishicha, kecha yuz bergan kuchli yog‘ingarchilik tufayli jabrlangan, tan jarohati olganlar kuzatilmadi.  

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda kuchli yog‘ingarchilik sabab ba’zi hudud aholisi evakuatsiya qilindi