Namanganda kitobxonlik bayrami o‘tkazildi
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston - yoshlar ziyo maskani”da kitobxonlik festivalining taqdirlash marosimi tashkil etildi.
Festival doirasida “Eng kitobxon maktab”, “Eng faol kitobxon o‘quvchi”, “Ijodkor bolalar”, “Eng kitobxon oila” va “Eng faol kutubxonachi” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovlarga jami 35 ming 653 nafar ishtirokchi qamrab olinib, 38 nafar g‘olib va sovrindor diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlandi.
Ma’naviyat bayramida so‘z olgan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva, Namangan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i A’zamjon Isakov nafaqat o‘quvchi-yoshlar, balki ta’limda faoliyat ko‘rsatayotgan har bir pedagogning kitobxon bo‘lishi shart va zarur ekanini alohida ta’kidladi.
Diltortar kuy-qo‘shiqlar va raqslar tadbirga yanada bayramona tantanavorlik bag‘ishladi.
[gallery-20621]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA