Namanganda “Iqtidor maktab ansambli” tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi
FOTOREPORTAJ
Namangan shahrida “Iqtidor maktab ansambli” respublika ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Tanlov Alisher Navoiy nomidagi viloyat musiqali drama teatrida tashkil etildi.
Mazkur tanlov yoshlarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni san’atga keng jalb etish hamda iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. Unda ishtirok etish uchun 783 ta jamoa onlayn ro‘yxatdan o‘tib, 6264 nafar yosh sektor va maktab bosqichlarida o‘zaro bellashdi. Saralash bosqichlari yakunlariga ko‘ra, eng sara 53 ta maktab jamoasi shahar bosqichiga yo‘l oldi. Ushbu bosqichda jami 424 nafar o‘quvchi o‘z mahoratini namoyon etdi.
Tadbirda Namangan shahri hokimi Ayubxon Kamolov ishtirok etib, yoshlarga omad va muvaffaqiyat tiladi. U yoshlarning san’atga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Ishtirokchilar milliy kuy-qo‘shiqlar hamda turli musiqa asarlarini jonli ijroda taqdim etdi. Ular badiiy saviya, sahna madaniyati va jamoaviy uyg‘unlik mezonlari asosida baholandi.
[gallery-28986]
Yakunlarga ko‘ra, 31-sonli umumta’lim maktabining “Shodiyona” ansambli eng yuqori natijani qayd etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi hamda viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA