Joriy yil 25 iyul kuni soat 07:00lar chamasida Yangi Namangan tumanida yashovchi, 2005 yildan buyon ruhiy kasallik bilan og‘rib, davolanib kelayotgan ayol tushkunlik oqibatida o‘z joniga suiqasd qilib Shimoliy Farg‘ona kanalining Yangi Namangan tumani «G‘uncha» MFY hududidan oqib o‘tgan qismidan o‘zini suvga tashlagan va kanalning «Beruniy» MFY hududidan o‘tgan qismida shu hududda xizmat vazifasini olib borayotgan viloyat IIB YHXB boshlig‘ining o‘rinbosari Sh. Sodiqov tomonidan qutqarib olingan. Ayolga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda uning salomatligi yaxshi.

- Ertalab ishga ketayotsam, kanal ko‘prigi yaqinida tumonat odam to‘planib turibdi. Yo‘l hodisasi bo‘ldimikan deb o‘ylab bordim. Borsam kanalda bir ayol oqib ketayotgan ekan. Hech narsani o‘ylamay o‘zimni suvga otdim, olib chiqdim!

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Namangan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Shavkat Sodiqovni ko‘rsatgan jasoratini e’tirof etib, taqdirladi.

Hotam MAMADALIEV (surat),  O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda IIB YHXB boshlig‘ining o‘rinbosari qutqarib qolgan ayolning salomatligi ijobiy