Namanganda davlatga 211 ming tonnadan ziyod don topshirildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatida davlat qabul omborlariga 211 ming tonnadan ziyod don topshirilib, g‘alla yetkazib berish bo‘yicha shartnomaviy reja 100,3 foizga bajarildi.
Joriy yil hosili uchun viloyatda 64 ming 410 gektar maydonga g‘alla ekilgan edi. Kuzgi ekishdan boshlab agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish va o‘rim-yig‘im ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish natijasida mo‘l hosil yetishtirildi.
G‘alla topshirish rejasini bajarishda Mingbuloq, Uchqo‘rg‘on, Norin, Chortoq, To‘raqo‘rg‘on, Pop, Namangan, Chust va Uychi tumanlari dehqon va fermerlari munosib hissa qo‘shdi.
[gallery-30172]
Joriy mavsumda 40 dan ortiq fermer xo‘jaligi har gektardan 100 sentnerdan ziyod hosil oldi. Ular orasida Mingbuloq tumanidagi “Yakkaktol oltin zamini” (102,5 sentner), Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Qo‘g‘ay tola Rahimjon” (100,3), Norin tumanidagi “Alisher hoji zamini” (100,0), To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Rahimberdi hoji” (100,3), Pop tumanidagi “Nuriddin Rauf” (102,5), Namangan tumanidagi “Soybo‘yi hosili” (100,3), Chust tumanidagi “Azamat Aziz” (100,3) va Uychi tumanidagi “Qumtepa niholi” (100,3) fermer xo‘jaliklari yuqori hosildorlikka erishdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA