Namangan va Fransiya o‘rtasidagi hamkorlik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 21-22 noyabr kunlari Fransiyaga rasmiy tashrifi ikki davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik aloqalari, iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi.
Bu Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov hamda Fransiya rivojlantirish agentligining urbanizatsiya va shaharlarni rejalashtirish masalalari bo‘yicha xalqaro konsultantlari janob Giyom Jos va Sharlotta Byure xonim o‘rtasidagi muloqotda ta’kidlandi.
[gallery-9828]
Uchrashuvda agentlik vakillari Namangan viloyatining salohiyati, ishlab chiqarish korxonalari, kichik sanoat zonalari faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Davlatobod tumani hududida yangi shaharsozlik namunasi asosida barpo etilayotgan "New Namangan City" – Yangi Namangan shaharchasi loyihalari, ko‘p qavatli uylarga mo‘ljallangan “RK-1” isitish qozonxonasi, “Orzu ideal tekstil”, “Iftixor kiyim sanoat” ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishgan mehmonlar gullar diyorining barqaror rivojlanayotgan iqtisodi, demografiyasi va boshqa omillarni hisobga olgan holda hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini yuqori baholadi.
Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA