Namangan jamoasi–g‘olib
Namanganda 2000-2001 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida sportning muaytay turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Namanganda 2000-2001 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida sportning muaytay turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.Musobaqalarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan 100 dan ziyod sportchi bahslashdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi, viloyat terma jamoasi bosh murabbiyi Ulug‘bek Qo‘chqorov boshchiligidagi Namangan viloyati jamoasi 6 oltin, 2 kumush va 6 bronza, jami 14 medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida g‘olib bo‘ldi.
Musobaqada ikkinchi o‘rinni Buxoro viloyati vakillari, uchinchi o‘rinni Samarqand viloyati jamoasi egalladi.
G‘olib va sovrindorlarga medal va faxriy yorliqlar topshirildi.
G‘olib va sovrindorlarga medal va faxriy yorliqlar topshirildi.