O‘zbekistonda aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kiyinish madaniyati targ‘ibotiga bag‘ishlangan “Nafosat-2020” festivali o‘tkazilishi haqida avval ham xabar bergan edik.

Shu kunlarda festivalga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Toshkentda yosh dizaynerlar va soha mutaxassislari ishtirokida shu maqsadda davra suhbati tashkil etildi.  

O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Oliy Majlis Senati, Yoshlar parlamenti a’zolari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,  Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti vakillari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, kiyinish madaniyati orqali har bir inson o‘z ma’naviyati, madaniyatini aks ettiradi. Shu jihatdan inson egnidagi libos, avvalo, uning yoshiga, ijtimoiy maqomi va muloqot vaziyatiga mos bo‘lmog‘i lozim. 

Qolaversa, liboslar xalqimizga xos qadriyatlarni ham namoyon etishi kerak. Aynan shu boisdan mazkur mavzu “ommaviy madaniyat” va xalqimizga yot g‘oyalar ta’siri kuchaygan bugungi kunda alohida dolzarblik kasb etmoqda. Shuni hisobga olgan holda davra suhbati ishtirokchilari ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar haqida fikr almashdi. 

Jumladan, «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan yoshlarning kiyinish madaniyati haqidagi fikr-mulohazalarini o‘rganish bo‘yicha so‘rovning tashkiliy va amaliy jihatlari muhokama qilindi. 

Qayd etilganidek, “Nafosat-2020” festivali doirasida o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar tavsiya xususiyatiga ega bo‘lib, vijdon va e’tiqod erkinligi asosida xalqimizga mos kiyinish madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan. 

Shuningdek, ulardan ko‘zlangan maqsad – yoshlar orasida kiyinish madaniyatini rivojlantirish, milliy kiyimlarning zamonaviy uslubdagi andozalarini yaratish, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan ayollarning kiyinish uslubi borasida tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 

Davra suhbatida ishtirok etgan dizaynerlar va soha mutaxassislari tomonidan замонавий o‘zbek ayoli imiji bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. Ular tomonidan yig‘ilganlar e’tiboriga taqdim etilgan  ma’ruzalarda zamonaviy modaning mentalitetimizga mos yangiliklaridan foydalanish, ularni milliy uslubimizga moslashtirish bo‘yicha takliflar berildi.

Tadbir doirasida o‘tkazilgan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalarining moda yo‘nalishidagi ijodiy ishlanmalari ko‘rgazmasi qizg‘in muhokamalar markazida bo‘ldi. 

Muattar Burhonova, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Nafosat-2020” festivaliga tayyorgarlik qizg‘in