Mustaqillik yillaridagi xalqchil islohotlar amalda o‘z samarasini berayotgani e’tirof etildi
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi asosida istiqlolimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Videokonferensaloqa shaklida o‘tgan tadbirda Harbiy prokuratura organlari xodimlari, faxriylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Bosh prokuror o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori Q.Isroilov Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli va xalqchil islohotlar amalda o‘z samarasini berayotganini ta’kidladi.
Islohotlarga hamohang tarzda Harbiy prokuratura organlari faoliyati ham takomillashib bormoqda.

Tadbirda Prezidentimizning tegishli farmoni bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni, shuningdek, Bosh prokuror, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori buyruqlari bilan taqdirlangan bir guruh faxriylar va xodimlarga mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.
Yakunda uzoq yillar xizmat qilgan faxriylar o‘zlari bosib o‘tgan qiyinchiliklar va so‘nggi yillarda tizimda amalga oshirilgan tub islohotlar, yangilanish va o‘zgarishlar, yaratilgan sharoitlar hamda ularning qadriga yetish lozimligi haqida so‘z yuritdi.
N.Abduraimova, O‘zA