MUSTAQILLIK SOLNOMASI: 2004-yil(+video)
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan yurtimiz tarixiga oid unutilmas voqea-hodisalarni o‘zida jamlagan "Mustaqillik solnomasi" loyihasining bu galgi soni 2004-yilga bag‘ishlanadi.
2004-yil 13-iyulda hamyurtimiz Rustam Qosimjonov shaxmat bo‘yicha Jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.
Afinada bo‘lib o‘tgan Olimpiadada o‘zbekistonlik sportchilar 2 ta oltin Artur Taymazov va Aleksandr Dokturashvili, 1 ta kumush Magomed Ibragimov va bokschilar Bahodir Sultonov va O‘tkirbek Haydarovlar bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Umumjamoa hisobida O‘zbekiston 34-o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tashkil etildi.
2004-yil dekabr oyida mamlakat tarixida ilk bor ikki palatali (Qonunchilik palatasi va Senat) parlamentga saylovlar o‘tkazildi va 2005-yil 17-20-yanvar kunlari parlament o‘z ishini boshladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/LINd1F6Q3N8" title="MUSTAQILLIK SOLNOMASI: 2004 yil" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA