Mustaqillik olimlar uchun xalqaro eshiklarni ochib berdi (+video)
Mustaqillik O‘zbekiston olimlariga jahon ilm-fani bilan integratsiyalashuv, xorijiy ilmiy markazlar bilan aloqalar o‘rnatish va xalqaro grantlarda qatnashish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi.
Xalqaro hamkorlik chet ellik olimlar bilan qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, xalqaro ilmiy loyihalar va grantlarni qo‘lga kiritish, nufuzli xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etishdek imkoniyatlarga yo‘l ochdi.
Ta’lim va ilmiy almashinuv jarayonlari o‘z o‘rnida yosh tadqiqotchilarning dunyoning yetakchi universitetlarida stajirovka o‘tashi, xalqaro konferensiyalar va simpoziumlarda faol ishtirok etishi, jahon ilmiy tajribasini amaliyotga tatbiq etishida katta ahamiyatga ega.
Bugungi suhbatdoshimiz Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti direktori, biologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Xolmatov bugungi kun olimlariga yaratilgan imkoniyatlar, ushbu soha yo‘nalishida erishilgan yutuqlar va xalqaro hamkorlik haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
<iframe width="640" height="350" src="https://www.youtube.com/embed/W_om-gwMx1c" title="Mustaqillik olimlar uchun xalqaro eshiklarni ochib berdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA