Mustaqillik - inson qadri va huquqlari kafolati (+video)
Mustaqillik – bu xalqning o‘z kelajagini o‘zi belgilash huquqidir. Bu huquq barchaning o‘z yurti va xalqi taqdiri oldidagi mas’uliyatini ham anglatadi.
1991-yil 31-avgust kuni yurtimiz o‘z taqdiri va hayotiga o‘zi egalik qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu ko‘p millatli xalqimiz tarixida tub burilish yasagan buyuk tarixiy voqea bo‘lib, unda xalqimizning sabr-toqati, matonati va ertangi kunga bo‘lgan yuksak ishonchi yotadi. Mana shu qisqa vaqt ichida yurtimizda davlat va jamiyat hayotida tub o‘zgarishlar amalga oshirilib, mamlakatimiz dunyo miqyosida o‘ziga xos mavqeiga ega bo‘ldi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/mxpvk_Eg01s" title="Mustaqillik - inson qadri va huquqlari kafolati" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA