Mustaqil hayotga ilk qadam
Sirdaryo viloyatdagi ta’lim muassasalarining 11-sinfini 8 ming 734 nafar, 9-sinfni 14 ming 116 nafar o‘quvchi bitirmoqda. “Ilmni qadrlang, ilmga intiling” shiori ostida o‘tkazilgan “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlari Guliston shahridagi 8-sonli umumta’lim maktabida ham ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Ushbu tadbirda viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev ishtirok etib, Prezidentimizning bitiruvchi yoshlarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Shu bilan birga ularni mustaqil hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari, jamiyatga nafi tegadigan mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga umid bildirdi. Bugungi olib borilayotgan islohotlarning davomchisi va buyuk ajdodlarning munosib avlodi, bu jannatmakon yurtning haqiqiy merosxo‘ri ekanligi, ular uchun barcha sharoitlarni yaratish har bir rahbarning zimmasidagi muqaddas burch va vazifa ekanligi ta’kidlandi.
[gallery-12050]
Maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilarning ota-onalari “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Mas’uliyatli ota-ona”, “A’lochi o‘quvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlandi. Ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Sh.SUYAROV,
Sh.ORTIQBOEV, (surat) O‘zA