Musobaqa qizg‘in bahslar ostida o‘tdi
FOTOREPORTAJ
Namangan shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan shaxmat va shashka musobaqalari o‘z yakuniga yetdi.
Shaxmat bahslarida 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va ayollar ishtirok etib, o‘z aql-zakovati va strategik fikrlash qobiliyatini namoyon etdi.
Shashka musobaqalarida esa 16–21, 22–26 hamda 27–30 yosh toifasidagi erkaklar va ayollar o‘rtasida murosasiz bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa yakunida tegishli yosh toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, munosib taqdirlandi.
[gallery-30024]
Bu kabi bellashuvlar yoshlar va keng jamoatchilik o‘rtasida shaxmat hamda shashka sport turlarini ommalashtirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA