Musobaqa g‘oliblari taqdirlandi
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi “Yosh kuch” o‘yingohida havaskor va yarim professional futbol klublari va jamoalari o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilgan viloyat birinchiligi II liga musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Joriy yilning avgust oyidan buyon o‘tkazib kelingan musobaqaning saralash o‘yinlarida viloyatning barcha tumanlaridan 14 ta jamoa qatnashdi.
Ikkinchi ligada Chust tumanini “Chust” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Namangan tumanining “Toshbuloq” jamoasi ikkinchi, Pop tumanining “G‘urumsaroy” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.
[gallery-4883]
Musobaqa g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimida Namangan viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Shuhrat Mirxoldirshoyev ishtirok etdi.
G‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA