Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo Ittifoqning 150-assambleyasida jahonning turli mintaqalaridagi nizolar global va mintaqaviy tinchlik va xavfsizlikka jiddiy tahdid solayotganiga e’tibor qaratdi.

Jumladan, Falastin – Isroil nizosining yagona va adolatli yechimi “ikki xalq uchun – ikki davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishdan iborat ekanligi alohida ta’kidlandi.

Assambleya doirasida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda ham bu masala ishtirokchilar diqqat markazida bo‘ldi. Xalqaro tadbir yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi va boshqa hujjatlarda notinchliklarga barham berishga alohida urg‘u berildi.

Assambleya doirasida O‘zA muxbiri Falastin Milliy Kengashi vitse-prezidenti Musa Hadid bilan shu haqda suhbatlashdi:

– O‘zbekistonga ushbu xalqaro parlament tadbirini o‘tkazgani uchun minnatdorlik bildiraman. 150-assambleyaning Markaziy Osiyoning qoq markazi – Toshkentda tashkil etilgani Parlamentlararo Ittifoq tarixida, O‘zbekiston tarixida juda muhim voqea bo‘ldi.

Biz, falastinliklar uchun ham bu yerda bo‘lish muhim edi. Dunyo parlamentlari va jamoatchiligi Falastindagi voqelik haqida so‘z yuritdi. Biz ham xalqimiz chekkan aziyat, G‘azoda sodir bo‘layotgan genotsid, har kuni, har lahzada odamlarning halok bo‘lishi, xalqaro qonun va inson huquqlari buzilishlari haqida so‘zladik.

Shuning uchun ham bu eng samarali platforma, boshqa parlamentlar tajribasini o‘rganish va o‘z xalqimiz uchun eng yaxshisini amalga oshirish bo‘yicha fikr almashishda muhim maydon bo‘ldi.

Aytib o‘tishim kerakki, bugungi kunda Falastinda odamlar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lyapti. Assambleyada Falastin masalasi muhokamasi jarayonida O‘zbekiston Prezidenti ham bunga alohida to‘xtaldi. O‘zbekiston hamisha o‘z bayonotlari va Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi ovoz berish jarayonlarida Falastinni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Buning uchun O‘zbekiston davlati va uning Prezidentiga minnatdorlik bildiramiz.

O‘zbekiston G‘azodagi genotsid paytida jarohatlangan 100 nafar falastinlikni qabul qildi. Ular bu yerda to‘rt oydan ortiq vaqt davomida yaxshi sharoitda va xavfsiz muhitda davolanmoqda. Buning uchun ham alohida katta rahmat. Eng katta minnatdorlikni Prezidentimiz Mahmud Abbosdan uning do‘sti, ta’bir joiz bo‘lsa, inisi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyovga bildiramiz.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/RCDVcsj_-pY" title="Musa Hadid: Falastinni qoʻllab-quvvatlayotgan Oʻzbekiston va uning Prezidentidan minnatdorman" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Assambleyaning kun tartibida Falastin masalasi qo‘yilgani biz uchun juda muhim. Hamkasblar bilan ko‘p fikr almashdik. Lekin hali ham ba’zi mamlakatlar tomonidan Falastin halqiga nisbatan tushunmovchilik yoki e’tiborsizlik mavjud. Ammo biz bizga xayrixohlarga, BMTga tayanamiz. BMT a’zolarining ko‘pchiligi Falastinni tan olish va uni BMT a’zoligiga qabul qilish uchun ovoz bergan. Bu dunyo mamlakatlarining Falastin masalasiga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatadi.

Ishonamizki, Falastin erkin bo‘ladi. Bu – bizning orzumiz. Bu – bizning kelajagimiz.

Norgul Abduraimova,

Doniyor Yoqubov (video), Anvar Ahmedov (montaj), O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Musa Hadid: Falastinni qo‘llab-quvvatlayotgan O‘zbekiston va uning Prezidentiga minnatdorlik bildiraman (+video)