Murid maslagi va shaxsiyati takomili
Zulayho RAHMONOVA filologiya fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Toshkent, O‘zbekiston zuleyha2008@mail.ru https://cdn.uza.uz/2021/07/15/15/21/a6IrN4OozRH8CDE6YAfvfyB4Ae36ydsx.pdf
Annotatsiya
Sharq, jumladan, o‘zbek mumtoz adabiyotidagi tasvirlar Haq yo‘lchisining kechinmalaridan iborat. Inson bir sayyordir. Uning sayrida yuz beradigan hollar muridning maqomdan maqomga yuksalishini ko‘rsatadi. Bu kabi nafsdagi evrilishlar lirik qahramonning ma’naviy darajasini ko‘rsatadi. Maqolada shu kabi masalalar yoritildi. Murid obrazining mavqei xususidagi fikrlarga oydinlik kiritildi.
Tayanch so‘zlar: tasavvuf, tariqat, murshid, murid, solik, pir, shayx, soqiy, qulovuz, eran, dayr, nafs.