Muqobil energiya qulay va tejamkor
Buxoro viloyati Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasining ishlab chiqarish ob’ektlarida o‘rnatilgan 8 ta quyosh suv isitish uskunasiga qo‘shimcha ravishda quvvati 1,5 kVt/soat, sig‘imi 200 litrli yana 2 ta quyosh suv isitish uskunasi o‘rnatildi.
Umuman, Gazli MGQB tomonidan boshqarma bosh binosida 40 ta, DKS-5 sanoat maydonchasida 120 ta, Gazli shahri hududida 125 ta, Elektr kimyoviy himoya xizmati inshootlarida 15 ta, jami 300 ta quyosh paneli va akkumulyator batareyalari bilan jihozlangan ko‘cha yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Rejaga muvofiq DKS-5 sanoat maydonchasi ma’muriy binosining tom qismiga quvvati 15kVt/soat bo‘lgan bitta jamlanma quyosh fotoelektrik stansiyasi ham o‘rnatildi.

Qorovulbozor tumanida boshlangan amaliy sa’y-harakatlar davom etmoqda. Xususan, tuman moliya bo‘limi binosini uzluqsiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 12 kvt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatildi.
Zarif Komilov,
O‘zA