Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo‘yicha Al-Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy XV xalqaro turnir yakunlandi.

Pandemiya sharoitida o‘tkazilgan joriy yilgi sport bayramida 27  davlatdan yuzdan ziyod  polvon va mehmonlar ishtirok etdi.

Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan bellashuvning mutlaq vazn toifasidagi kurashda o‘zbekistonlik mashhur polvon Muhsin Hisomiddinov tojikistonlik Dadaxon Qurbonaliyevni  yengib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini – 10  ming AQSH dollariga sazovar bo‘ldi.

Ikkinchi o‘rinni egallagan  tojikistonlik Dadaxon Qurbonaliyevga 5 ming AQSH dollari pul mukofoti berildi. Uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan  o‘zbekistonlik Yaxyo Imomov va tojikistonlik Nematullo Arslanqulovlarning har biriga 3 ming 500 AQSH dollari miqdoridagi sovrin   nasib etdi.  

Shuningdek, “Alpomish” stadionida bugun erta tongdan erkaklar 60, 66 va 73 kilogram vazn toifasida, ayollar +70 kilo vaznda gilamga tushib, o‘z mahoratini namoyish etdi. Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda 60 kilogram vazn toifasida  tojikistonlik Muhammadrizo Quvatov birinchi,  o‘zbekistonlik Abdulaziz Hamroyev ikkinchi va  o‘zbekistonlik Akobir Qurbonov hamda qozog‘istonlik Seilxon Kanatlar uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.  66 kilo vaznda gilamga tushgan polvonlar o‘rtasida o‘zbekistonlik Qobuljon Ahmedov birinchi,  qozog‘istonlik Amirali Atabek ikkinchi,  o‘zbekistonlik  Rustam Bo‘riyev va  afg‘onistonlik Muhammad Yusuf Shuaibhlar uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. 73 kilogram vazn toifasida birinchi o‘rin  qozog‘istonlik  Sabir Safarboyevga nasib etdi. Ikkinchi o‘rinni o‘zbekistonlik  Umidjon Abdullayev, ikkita uchinchi o‘rinni o‘zbekistonlik O‘rol Soliqov va tojikistonlik  Ilsokzoda Xusaynirlar egalladi. Ayollarning +70 kilogram vazndagi bellashuvlarida   g‘oliblik shohsupasiga o‘zbekistonlik Pokizaxon  Kamoliddinova ko‘tarildi. Qozog‘istonlik Azman Amayeva ikkinchi o‘rinni oldi. O‘zbekistonlik Flyura  Ergasheva hamda rossiyalik  Guseyo  Vladiyenolar uchinchi o‘rin bilan kifoyalandi.  

Xalqaro turnirda birinchi o‘rinni olgan polvonlar 3 ming, ikkinchi o‘rin ikki ming va ikkita uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan polvonlarning har biri 1000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot bilan taqdirlandi.  

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhsin Hisomiddinov xalqaro turnirning mutlaq g‘olibi bo‘ldi