Muhammad Fuzuliy ijodida Alisher Navoiy an’analarining davom ettirilishi
Yulduz G‘ofur qizi HAKIMOVA doktorant O‘zbekiston Milliy universiteti Toshkent, O‘zbekiston
PDF shaklida yuklab olish
Annotatsiya
Maqolada Ozarbayjonning buyuk shoiri Muhammad Fuzuliyning Hazrat Alisher Navoiyga izdoshligi masalasi yoritilgan. Tadqiqotda ijodkorlarning dostonchilik mahorati tahlilga tortilib, ikki ijodkor qalamiga mansub “Layli va Majnun” dostonlari qiyoslangan. Dostonlarni turkiy tilda yaratishning o‘ziga xosligi, asarning badiiy qurilishi, bosh qahramonlarning o‘zar qiyoslanishi, dostonning qahramonlar ruhiyatini ochib berishga oid tasvirlari sharhlangan. Alisher Navoiy ijodiy an’analarining Fuzuliy ijodida davom ettirilishi borasidagi fikrlar misollar orqali dalillangan.
Tayanch so‘zlar: ishq, doston, ruhiyat, an’ana, Layli, Majnun.