Muddatli harbiy xizmatchilar oliy ta’lim sari dadil odimlamoqda
FOTOREPORTAJ
Termiz va Kakaydi garnizonlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan, oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan harbiy xizmatchilar davlat test sinovlarini topshirishni boshladi. Imtihonlar Bilim va malakalarni baholash agentligining Termiz shahridagi binosida belgilangan tartib asosida o‘tkazilmoqda.
Test sinovlarida ishtirok etayotgan harbiy xizmatchilar yuksak mas’uliyat va katta ishonch bilan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda. Ular joriy yilning 1-mayidan boshlab beshta fan bo‘yicha muntazam tayyorgarlik ko‘rib, nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratdi.
[gallery-30444]
Belgilangan jadvalga muvofiq, 14–20-iyul kunlari davomida Termiz va Kakaydi garnizonlaridan jami 47 nafar muddatli harbiy xizmatchi davlat test sinovlarida ishtirok etadi. Jarayon ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida tashkil etilgan.
Muddatli harbiy xizmatchilar uchun ta’lim olish imkoniyatlarining kengayib borayotgani yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning kelgusida malakali mutaxassis bo‘lib yetishishi hamda harbiy xizmat bilan bir qatorda o‘z kelajagini mustahkam bilim va kasb asosida barpo etishiga xizmat qilmoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA