Muassasaning faol kichkintoylari
Buxoro shahridagi 13-maktabgacha ta’lim muassasasida 200 nafar o‘g‘il-qiz zamonaviy sharoitlarda ta’lim-tarbiya olmoqda.
Buxoro shahridagi 13-maktabgacha ta’lim muassasasida 200 nafar o‘g‘il-qiz zamonaviy sharoitlarda ta’lim-tarbiya olmoqda.– Muassasamizda bolajonlarning jismoniy va ma’naviy barkamol ulg‘ayishi uchun barcha sharoit yaratilgan, – deydi tarbiyachi Shirin Umarova. – Savodga tayyorlash mashg‘ulotlari ko‘rgazmali vositalardan keng foydalanilgan holda tashkil etiladi. Sportga yo‘naltirilgan musobaqalarda ular faol ishtirok etadi.