Movarounnahr merosi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Ömon Sultonligi poytaxti Masqat şahrida «Özbekiston — Ömon: madaniy aloqalar. Movarounnahr — asrlar oşa taralgan islom sivilizatsiyasi ziyosi» mavzusida xalqaro simpozium bölib ötdi.
Mazkur tadbir Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning mualliflik loyihasi bölgan Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining xorijiy taqdimotlari turkumini davom ettirdi. Uşbu uçraşuvlar davlatimiz rahbarining islom sivilizatsiyasi merosini xalqaro maydonda keng tarğib etiş taşabbusi doirasida ötkazilmoqda.
Simpozium oçilişidan avval faxriy mehmonlar Markaz tomonidan tayyorlangan körgazma bilan tanişdilar. Ekspozitsiyani birinçilardan bölib simpoziumning faxriy mehmoni — Ömon Sultonligi Vaqflar va diniy işlar vaziri doktor Muhammad bin Said bin Xalfon Maamariy tomoşa qildi. U bilan birga Sulton Qobus nomidagi Oliy madaniyat va fan markazi boş kotibi Habib bin Muhammad Riyomiy, Ömon Sultonligi Davlat kengaşi aʼzosi doktor Muhammad Said Amur Hajriy, şuningdek, ilmiy va madaniy doiralar vakillari ham körgazmani közdan keçirdilar.
Körgazmada Özbekistonning tarixiy, ilmiy, maʼnaviy va badiiy merosi bilan taniştiruvçi 150 dan ortiq kitob naşrlari, şuningdek, miniatyuralar, haykaltaroşlik namunalari va boşqa eksponatlar namoyiş etildi. Markazning noşirlik loyihalari hamda Movarounnahr merosini örganiş va ommalaştiriş borasidagi faoliyati mehmonlarda alohida qiziqiş uyğotdi.

Simpozium Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi va Özbekiston Respublikasining Ömon Sultonligidagi elçixonasi tomonidan Markaz Ilmiy kengaşi aʼzolari iştirokida taşkil etildi. Forumda 250 nafarga yaqin iştirokçi, jumladan, senatorlar, davlat muassasalari, ilmiy va madaniy taşkilotlar vakillari, xorijiy diplomatik vakolatxonalar elçilari, ikki mamlakatning taniqli olimlari va madaniyat arboblari qatnaşdi.
Tadbirda Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov, Özbekiston Respublikasining Ömon Sultonligidagi Favqulodda va muxtor elçisi Abdusalom Xatamov hamda Sulton Qobus nomidagi Oliy madaniyat va fan markazi boş kotibi Habib bin Muhammad Riyomiy qutlov sözlari bilan iştirok etdilar. Dastur doirasida qatnaşçilarga Markazning ilmiy-maʼrifiy faoliyati va loyihalari haqida videotaqdimot namoyiş qilindi.
Ilmiy sessiyada ömonlik va özbekistonlik olimlar ikki mamlakatning islom sivilizatsiyasi rivojiga qöşgan hissasi hamda hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Ömon tomonidan maʼruzaçilar qatorida Ömon Sultonligi Davlat kengaşi aʼzosi doktor Muhammad Said Amur Hajriy hamda Sulton Qobus universiteti professori, media va intellektual dasturlar böyiça maslahatçi va ekspert doktor Saif bin Solim bin Saif Hodiy iştirok etdi. Doktor Hodiy öz maʼruzasini Ömon jamiyatida tinç-totuv hamjihatlikda yaşaş masalasiga bağişladi.

Özbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov Özbekiston va Ömon qölyozma merosini saqlaş, raqamlaştiriş hamda ilmiy muomalaga kiritiş istiqbollari haqida söz yuritdi. Imom Buxoriy nomidagi Toşkent islom instituti rektori Uyğun Ğafurov Özbekistonda islom taʼlimi tarixi va uning zamonaviy tajribasini yoritib berdi. Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti professori Şorustam Şomansurov ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari örtasidagi hamkorlik istiqbollarini taqdim etdi.
Simpoziumning muhim amaliy natijalaridan biri Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan Sulton Qobus nomidagi Oliy madaniyat va fan markazi hamda «Bayt az-Zubayr» muzeyi bilan hamkorlik memorandumlarining imzolanişi böldi. Uşbu kelişuvlar ikki mamlakat muassasalari örtasida qöşma ilmiy va madaniy loyihalarni amalga oşiriş, körgazmalar taşkil etiş hamda kasbiy tajriba almaşiş uçun asos yaratadi.

Simpozium doirasida kitoblar va esdalik naşrlari almaşinuvi ham bölib ötdi. Ömon Sultonligi Vaqflar va diniy işlar vaziri doktor Muhammad bin Said bin Xalfon Maamariyga Katta Langar Qurʼoni nusxasining faksimile naşri topşirildi. Sulton Qobus nomidagi Oliy madaniyat va fan markazi boş kotibi Habib bin Muhammad Riyomiyga «Uçinçi Renessans poydevori» kitobi, Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan naşr etilgan 120 ta kitob uçun sertifikat hamda Markazning esdalik sovğalari taqdim etildi.

Markaz naşrlari, şuningdek, Sulton Qobus majmuasi kutubxonasi hamda Ömon Milliy hujjatlar va arxivlar markaziga topşirildi. Milliy hujjatlar va arxivlar markazi hamda «Bayt az-Zubayr» muzeyi vakillariga ham kitob naşrlari topşirilganini tasdiqlovçi sertifikatlar taqdim qilindi.

Maskat şahrida ötkazilgan simpozium Özbekiston va Ömon örtasidagi köp asrlik madaniy muloqotning davomi böldi. Körgazma va ilmiy sessiya Ömon jamoatçiligini Movarounnahrning islom sivilizatsiyasi rivojiga qöşgan hissasi bilan taniştirgan bölsa, imzolangan memorandumlar uşbu muloqotga amaliy mazmun bağişladi.
ÖzA