Monomarkaz - ishga talabgorlarga yaqin ko‘makchi
FOTOREPORTAJ
Urganch shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi 2021 yil fevral oyida o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, o‘tgan qisqa davrda bu yerda yuzlab tinglovchilar stilist-kosmetologiya, chilangarlik, santexnika, maishiy texnikalarni ta’mirlash, avtoservis xizmati ko‘rsatish, haydovchilik, qurilish, asalarichilik va issiqxonachilik, raqamli texnologiyalar hamda buxgalteriya yo‘nalishlarida kasb-hunarga o‘qitildi.
[gallery-13403]
Bundan tashqari markazda ingliz, koreys va rus tillari bo‘yicha qisqa muddatli kurslar faoliyat yuritmoqda. Tadbirkorlikka tayyorlash tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, bu yerda bandlik masalalari bo‘yicha maslahat xizmati ko‘rsatiladi. Kasbiy malaka talab etiladigan ishni tanlaganlar shu yerdagi o‘quv kurslariga jalb qilinadi. Boshqa mamlakatlarda ishlash istagini bildirgan fuqarolarga bu boradagi ko‘nikma va xorijiy tillar o‘rgatiladi.
Ayni damda monomarkazda 700 dan ziyod tinglovchi saboq olmoqda. Ular orasida “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turganlar salmoqli qismni tashkil qiladi.
Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA