Modi: 31 oktyabrdagi barcha tadbirlar bekor qilinadi
Gudjarat i Radjastxan shtatlarida uch kunlik safarda bo‘lgan Hindiston Bosh vaziri Nerendra Modi o‘zi ishtirokida dushanba kuniga rejalashtirilgan barcha ommaviy tadbirlar o‘tkazishni bekor qilishga qaror qildi. “ANI” agentligi xabariga ko‘ra, bunday qaror Mordidagi kanopli piyodalar ko‘prigining qulashi oqibatida odamlarning halok bo‘lgani sababli qabul qilingan.
Bekor qilingan rejalar orasida Gudjarat shtati poytaxti – Ahmadobod va boshqa qator shaharlarda ommaviy tadbirlar bor edi.
Gudjarat shtatidagi Masxu daryosidagi Morbi ko‘prigi yakshanba kuni kechki payt qulab tushgan. Falokat paytida ko‘prikda jami 500ga yaqin odam bo‘lgani aytiladi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 90 nafardan oshgan, ular soni yana ko‘payishi mumkin, deyilmoqda.
O‘zA